Янгиликлар /

Fletcher: Mata o‘yiniga muvozanat olib kirdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Darren Fletcher Xuan Mataning jamoadagi o‘rni borasida gapirib o‘tdi.
«Mata «Yunayted» o‘yiniga muvozanat olib kirdi. U juda aqlli futbolchi va barcha narsani yaxshi amalga oshiradi. Uning paslari va gollari juda kerakli. U to‘psiz ham yaxshi o‘ynaydi. Balki u har bir o‘yinda podkat amalga oshirmas, ammo o‘yinni juda yaxshi o‘qiydi.
Mata har doim mening oldimda o‘ynaydi va u egallagan pozitsiya raqib hujumlarini to‘sib qolayotganini ko‘raman. U juda ko‘p harakat qiladi va uning statistikasi jamoadagi eng yaxshilardandir.
Menimcha u darhaqiqat yuqori saviyali futbolchi va jamoamizga juda yaxshi moslashib ketdi. U birinchi golini urgani zahoti yana ikki gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi», — deydi Fletcher.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.