Янгиликлар /

Mata: Biz uchun ajoyib kun bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

«Nyukasl» jamoasiga qarshi uchrashuvda dublga erishgan Xuan Mata uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. «Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, to‘rtta gol urishga erishdik va ayniqsa ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz samarali chiqdi, — deydi Mata jamoaning rasmiy telekanaliga bergan intervyusida.«Bu biz uchun ajoyib kun bo‘ldi, chunki biz yaxshi o‘yin olib bordik. Men uchun Chicharito, Shindzi va Adnan bilan bir safda ekanim quvonchlidir».
«Barchasi yuqori iqtidor egalari, va ular bilan bir safta to‘p surish juda yengil. Biz ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Chicharito uchun ham juda ma’mnun u golli vaziyatda ajoyib xarakat qildi. Zahiradan maydonga chiqqan Adnan ham o‘z o‘yinini ko‘rsata oldi».Jurnalistlarning Mataga birinchi gol urgandan so‘ng dastlab Davidu De Xeani qutlagani borasidagi savoliga u quyidagicha javob berdi.«David men uchun juda xursand bo‘ldi va o‘yindan avval u menga bugun albatta gol urishimni aytgan edi. Shuning uchun ham men birinchi bo‘lib uning oldiga bordim. Biz turli hil gollarni urdik, birinchisi ahamiyatli bo‘ldi, ikkinchi gol ham chiroyli yakuniga yetkazildi».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.