Янгиликлар /

De Xea mart oyiniga eng yahshi futbolchisi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra jamoa darvozaboni David De Xea mart oyiniga jamoadagi eng yahshi o‘yinchisi etib topildi.23 yoshli ispaniyalik darvozabon «Vest Brom» va «Vest Xem» jamoalariga qarshi uchrashuvda darvozasini dahlsiz saqlay oldi. Shuningdek, Chempionlar Ligasining «Olimpiakos» ga qarshi o‘tgan uchrashuvda esa jamoasini golli vaziyatlardan ishonchli tarzda himoya qildi.So‘rovnoma yakuni quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi, De Xea 61%, Ueyn Runi (34%) va Fil Jons (5%).Bu haqida futbolchining o‘zi quyidagi fikrni bildirdi. «Men hozirda o‘zimning sport formamdan juda ma’mununman. Jamoada ham o‘zimni juda ishonchli his qilmoqdaman. – Men ketma-ket uchrashuvlarda maydonga tushmoqdaman, va yanada ko‘proq o‘rganib o‘yinlarimdagi barqarorlikni oshirishga xarakat qilmoqdaman. Ishlarim yaxshi ketayotganidan ma’mununman»- deydi De Xea United Review ga bergan intervyusida.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.