«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachi Pol Skoulzni jamoaga qaytarish borasida ish olib bormoqda.Skoulz «MYu» boshqaruv tizimidagi lavozimlardan biriga taklif qilingan edi. Ammo sobiq futbolchi mavsum boshidagi bu taklifdan bosh tortgan.Ammo Devid Moyes jamoadan ketgach, Skoulz murabbiylar tizimida ishlashi uchun imkon yuzaga kelgan. Shu tariqa mankunianliklar shonli o‘tmish bilan aloqani saqlab qolmoqchi.Shuningdek «MYu» murabbiylar shtabida ishlab kelgan Fil Nevill ham jamoada qoladi. Garchi Devid Moyesning barcha yordamchilari iste’foga chiqarilgan bo‘lsada, Fil Nevill olib qolingan.Avval ham xabar qilinganidek, mavsum oxiriga qadar Rayan Giggz vaqtincha «MYu» bosh murabbiyi lavozimida ishlab turadi.
Янгиликлар /
Giggz vaqtincha «MYu» bosh murabbiyi
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.