Янгиликлар /

Devid Moyes bayonot berdi

Мақола нашр қилинди

«MYu»ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes jamoadan iste’foga chiqarilganidan so‘ng bayonot berdi.«Men har doim jahonning eng yaxshi klublaridan biri — «Manchester Yunayted»ga bosh murabbiy etib tayinlaganlaridan faxrlanganman va faxrlanman.Uzoq davom etgan barqaror va omadli davrdan so‘ng bu vazifaga o‘tirish rad qilib bo‘lmas chaqiriq edi. Ammo men buni xursandchilik bilan qabul qildim va o‘z qarorimdan zarracha afsusdamasman.«MYu» bosh murabbiyiga bo‘lgan talab juda katta, ammo men og‘ir mehnatdan bo‘yin tovlamadim va bu murabbiylar shtabiga ham tegishli. Men ularga jonbozliklari va vafodorliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.Albatta, men o‘zimni qo‘llagan barcha muxlislarga ham minatdorchilik bildiraman. Ularga kelgusida eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.Men jamoani Chempionlar ligasi chorak finaliga olib chiqqanimdan faxrlanaman.Shuningdek, ser Aleks Fergyusondan ham «Manchester Yunayted»ni boshqarishda menga bo‘lgan ishonchi uchun minnatdorman», — deyyiladi Moyesning bayonotida.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.