«Manchester Yunayted» jamoasi kelayotgan yozda «PSJ» jamoasi hujumchisi Edinson Kavani va «Barselona» klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregasni xarid qilishga urinib ko‘radi, deya xabar beradi The Guardian nashri.«MYu» ijrochi direktori Ed Vudvord Parij klubining hujumchisi sotishga tayyorligidan foydalanib qolmoqchi. Shuningdek, nashrning ma’lumotiga ko‘ra, «Yunayted» Seskni qo‘lga kiritishga qayta urinib ko‘rmoqchi.Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik xavbek Manchesterga ko‘chib o‘tishga tayyor edi, biroq uning transferi borasidagi taklif Kataloniya klubini qoniqtirmadi.«Sautgempton» himoyachisi Lyuk Shou ham «MYu»ning transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Mankunianliklar Lyuk uchun 30 million funtdan voz kechishga tayyorlar.
Kavanining transferi esa 60 million yevroga tushishi mumkin.Shuningdek, «Yunayted» jamoasi qiziqishlari doirasidan «Bavariya» yarim himoyachisi Toni Kroos, «Tottenxem» himoyachisi Yan Vertongen, «Real Sosedad» futbolchisi Antuan Grizmann va «Roma» yarim himoyachisi Kevin Strootman ham joy olishgan.
Янгиликлар /
«MYu» ning 2014/15 mavsum transfer rejasi
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.