Янгиликлар /

Gari Nevill: Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill «MYu» rahbariyatini jamoaga britaniyalik murabbiyni olib kelishga chaqirdi.«Giggzning yana 2-3ta o‘yinda murabbiylik qilishini ko‘rmoqchiman. Uning debyuti ajoyib chiqdi, keyingi o‘yinlarni ham kuzatish zarur. Giggzda tajriba yo‘q, ammo u jamoani juda yaxshi biladi. Van Galda esa katta tajriba bor, ammo u Premer-ligani yaxshi bilmaydi».«Nima bo‘lganda ham, jamoa xo‘jayinlari bu borada qaror chiqarishadi. Ammo men «MYu»ni britaniyalik murabbiy boshqarishini istagan bo‘lardim. Chunki bu jamoani hamisha britaniyaliklar boshqarishgan. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi», — deydi Nevill.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.