Янгиликлар /

Lindegor: Qarorni men emas, jamoa chiqaradi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» darvozaboni Anders Lindegor vaqtinchalik bosh murabbiylik lavozimini o‘tab turuvchi Rayan Giggzni «qizil iblislar»ning o‘z Xosep Gvardiolasi deya e’tirof etdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Lui Van Gal «Old Trafford»da o‘z faoliyatini davom ettirishiga rozi bo‘lgan. Biroq Lindegor Giggz ham bu vazifani a’lo darajada uddalay olishiga ishonmoqda.
«Uning «Norvich» bilan o‘yin oldidan bizga aytgan so‘zlaridan so‘ng jamoa «trildi». Bunday his-tuyg‘ularni faqatgina ser Aleks Fergyuson davrida his qilganman».
«Ba’zilar kechagi jamoadoshing bugun muvaffaqiyatli murabbiy bo‘lishida shubha qilishlari mumkin. Ko‘pchincha menda ham bunday holat bo‘ladi, ammo Giggz — umuman o‘zgacha vaziyat».
«Balkim, bu gaplarim sizga g‘alati tuyilar, tushunib turibman, biz to‘rt yoki besh kun mashg‘ulot o‘tkazdik, bitta o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik, lekin hozirda biz yangi Gvardiolani futbol olamiga kirib kelishiga guvoh bo‘lmoqdamiz».
«Birgina savol shunda-ki, u o‘z qobiliyatini hoziroq namayon etishga tayyormi. Qarorni men emas, jamoa chiqaradi, biroq biz raxbariyatning har qanday tanlovini xurmat qilamiz», — deydi Lindegor.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.