Янгиликлар /

Giggz: Barcha bu mavsumdan hayratda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi lavozimini vaqtincha o‘tab turuvchi Rayan Giggz birinchi matbuot-anjumanini o‘tkazdi.
«Bugungi kunga kelib jamoam bosh murabbiyi bo‘lganimdan faxrlanaman, butun hayotim davomida bunday faxr tuyg‘usi hali meni qurshab olmagan edi. «MYu»ni butun hayotim davomida qo‘llab-quvvatlab kelganman, jamoaning 13 yil davomida bir qismi bo‘lib keldim. Men xursandman, biroz asabiylashmoqdaman, biroq shanba kungi o‘yinni tezroq kelishini istayman».
«Mashg‘ulotlar chog‘ida futbolchilarning vaziyatga to‘g‘ri yondoshayotganlarini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim, bu omadsiz mavsumni kerakli notada yakunlashga urinib ko‘ramiz. Futbolchilarga men ishonaman. Ular nimalarga qodir ekanliklarini bilaman, shanba kuni bo‘lsa buni ular maydonda isbotlashlarini istayman».
«Barcha bu mavsumdan hayratda. Biz birgalikda g‘alaba qozonamiz, mag‘lubiyatni ham birgalikda baham ko‘ramiz. Mazkur to‘rtta qolgan uchrashuv bizning va asosiysi sizning yuzingizga biroz bo‘lsada tabassum olib kelishini istaymiz. Gollarni, kurashni va ishtiyoqni ko‘rishni istayman, stadiondagi muxlislar yana avvalgi g‘alabali onlarga qaytishlariga bor kuchim bilan intilaman», – deydi Giggz.
Eslatib o‘tamiz, murabbiylar shtabidan jamoaning sobiq o‘yinchilari Pol Skoulz, Fil Nevill joy olishgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.