Nihoyat «Manchester Yunayted» jamoasi himoyachi Lyuk Shouni qo‘lga kiritganini rasman eʼlon qildi. 18 yoshli himoyachi bila jamoa 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Lyuk «Sautgempton» jamoasi tarkibida 2012 yildan buyon faoliyat olib kelmoqda edi. U davr mobaynida jamoa tarkibida 67 marotaba maydonga tushishga ulgurgan.
Shou «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilgani to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib o‘tdi: «Men «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishimdan juda hayajondaman. «Sautgempton» jamoasida futbol bilan 8 yoshdan beri shug‘ullanib kelaman, jamoa muhlislariga katta minnatdorchilik bildiraman. Men o‘z ustimda ishlab o‘sishda davom etmoqchiman va «Manchester Yunayted» — buning uchun ideal joy. Intizorlik bilan yangi jamoamdagi ishtirokimni kutmoqdaman, bu yerdagi jaxon darajasidagi futbolchilardan ko‘plab narsalar o‘rganaman degan umiddaman».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.