Янгиликлар /

Errera «MYu» bilan shartnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi yangi mavsumdagi dastlabki transferini amalga oshirdi. Jamoa «Atletik Bilbao» jamoasi yarim himoyachisi Andera Errerani harid qilganini e’lon qildi.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoa bilan 4+1 ko‘rinishda shartnoma imzoladi.
«Manchester Yunayted» futbolchi uchun 28 million yevro mablag‘ to‘lagan.24-yoshli yarim himoyachi «Atletik Bilbao» jamoasiga 2011 yil «Saragosa» da kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqtgacha u jamoa tarkibida 128 uchrashuvda maydonga tushib 11 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Shuningdek Errera Ispaniyaning turli yoshdagi U20, U21, U23 terma jamoalarida ham maydonga tushishga ulgurgan.Futbolchining trasferi xaqida jamoa bosh murabbiyning yordamchisi Rayan Giggz quydagi fikrlarni bildirib o‘tdi. «Ander – juda iqtidorli yosh futbolchi, o‘ziga hos o‘yin uslubiga va yuqori energiyaga ega. O‘ylashimcha biz Ispaniyaning eng iqtidorli yosh o‘yinchisini qo‘lga kirita oldik. Uning bizning jamoaga o‘tganidan xursand bo‘ldim. U «Manchester Yunayted» jamoaning kelajagida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi degan umiddaman. Xozirda intizorlik bilan jamoaning AQShda bo‘lib o‘tadigan turne boshlanishini kutmoqdamiz».Errera esa ushbu transfer xaqida quyidagi fikrda: « «Manchester Yunayted» jamoasi bilan shartnoma tuzish – bu orzu edi. Men «Old Trafford» da «Atletik» bilan yevropa Ligasi musobaqasida maydonga tushgan edim. «Manchester Yunayted» tarkibiga qo‘shilar ekanman barcha iqtidorim bilan jamoaning yuqori maqsadga erishishiga o‘z xissamni qo‘shish umididaman. «Atletik» jamoasida o‘tgan faoliyatimni xech qachon unitmayman va buning uchun jamoa muhlislariga va rahbariyatga o‘z minatdorchiligimni aytmoqchiman».>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.