Янгиликлар /

Sneyder: Van Galga rad javobini berish qiyin

Мақола нашр қилинди

«Galatasaroy» jamoasi va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder «Manchester Yunayted»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
«Gollandiyada van Galni huddi mamlakat futbol maktabi raxbaridek ko‘rishadi. Hamma ham uning a’lochilari ro‘yxatiga kira olmaydi».
«U futbolchilarni juda qattiq shug‘ullantiradi va maksimum darajadagi o‘yinni talab qiladi. «Galatasaroy» tarkibida o‘ynayotganimdan mamnunman, klub asosiy tarkibida o‘rnashib oldim va bu yerga moslashdim».
«To‘g‘ri, agar van Gal menga transfer taklifi bilan chiqsa, eng kamida uni ko‘rib chiqaman. Hech bir golland futbolchisi van Galga rad javobini bera olmaydi», – deydi Sneyder.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.