«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni boshqa jamoaga ketish niyati yo‘qligini bildirib o‘tdi.
«Manchester Yunayted»da o‘tkazgan o‘tgan mavsumimni unutishni istashimni hamma biladi. Ammo men hamon o‘sha saviyadagi futbolchi bo‘lib turibman».
««Yunayted»ga bir yil oldin o‘tgandim. Bu vaqt ichida salbiy va ijobiy vaziyatlar bo‘ldi. Masalan mening juda yoqimsiz jarohatimni eslash mumkin. Boz ustiga jamoamiz ham past o‘rinlarni egalladi».
«Endi bizda yangi bosh murabbiy bor va ko‘ramiz, bundan keyin nima bo‘larkan. Men «Yunayted»dan ketishni istamayman. Bu jamoa menga hammasi yoqadi», -deydi Fellayni.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «MYu» Fellaynini 15 million funt evaziga sotishga tayyor ekani aytilgan edi.
Янгиликлар /
Fellayni: «Yunayted»dan ketishni istamayman
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.