«Manchester Yunayted» jamoasi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Fil Jons Angliyaning JCh-1966 musobaqadagi muvaffaqiyatini takrorlashi va Roy Xodjson qo‘l ostidagi yoshlar bilan oltin medallarni qo‘lga kiritishi mumkin ekanini aytdi.
«O‘ylashimcha, Angliya terma jamoasidan ular safidagi futbolchilar nomi sabab doimo ko‘p narsa kutishadi. Ular o‘z klublari safida muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazishganini hisobga olsak – bu bizdan muvaffaqiyat kutishga yana bir sabab».
«Biz yuqori saviyada o‘ynashimizga ishonaman, bir jamoadek harakat qilishimiz va o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak».
«Raxim Sterling, Lyuk Shou, Jon Flanagan, Jon Stounz – ularning bari ajoyib mavsum o‘tkazishdi, ular jamoaga ilhom bag‘ishlaydi. Ular ikki yil oldin ko‘zga tashlana boshlashdi va ayni damga kelib o‘zlarini barcha tomonlama ko‘rsatishga ulgurishdi».
«Barcha JCHda yaxshi o‘ynashga intiladi, bu bizning qo‘limizdan keladi. Jchning jiddiy bosqichlarida yosh va tajribali futbolchilarimiz o‘zlarini eng yaxshi taraflama ko‘rsatishlariga umid bog‘laganmiz», – deydi Jons.
Янгиликлар /
Jons: Bu bizning qo‘limizdan keladi
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.