Янгиликлар /

Runi: Men uchun jamoaviy yutuq muhim

Мақола нашр қилинди

«MYu» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi o‘z o‘yin uslubini «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslab o‘tdi.
«Men Krishtianu Ronaldu singari individual sovrinlar uchun kurashadigan, bunday sovrinlarni yutishi shart bo‘lgan futbolchi emasman».
«U har doim shaxsiy yutuq uchun kurashadi, uning uchun shon-shuhrat muhim. Shu sababli siz undan hayratga tushasiz. Men uchun esa jamoaviy yutuq muhim. Ronaldu uchun shaxsiy yutuqlaridan keladigan shuhrat muhim. Men esa jamoani qadrlayman».
«Men premer liganing eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga ulgurganman. Ammo bu sovrinni «MYu»ning yutuqlaridan olinadigan lazzat bilan solishtirib bo‘lmaydi», — deydi Runi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.