Янгиликлар /

Lui van Gal: Bu juda muhim

Мақола нашр қилинди

«MYu» jamoasi yangi bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchilar bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.
«Murabbiy sifatida har doim qo‘l ostimdagi jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilaman. Bu juda muhim va men buning uchun lozim bo‘lgan barcha ishni amalga oshiraman».
«Ammo ba’zan bunga muvaffaq bo‘la olmay qolishim mumkin. Futbolchilar o‘zlari bilan ovora bo‘lib, mening qoidalarimga to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin. Agarda kimdir mening aytganimni qilmasa, u jamoadan ketadi. Har doim shunday bo‘lib kelgan. Agar u ketmasa, men ketaman».
«Men bilan ishlagan ko‘plab futbolchilar men haqimda yaxshi gaplar aytadilar. Ammo menga jahl qiladiganlar ham bor — Riberi, Toni, Stoichkov, Rivaldo», — deydi van Gal.
Lui van Gall shuningdek «Tottenxem»ning taklifiga rozilik bildirishga yaqin bo‘lganini aytdi.
«Men juda va juda bunga yaqin edim. Yosh bolaligimda men «Tottenxem»ga muxlislik qilganman, jamoada Jimmi Grivz bor edi, o‘shanda ular chempion bo‘lishgan edi. Jimmi Grivz mening idealim bo‘lgan, shu sabab «taqachilar»ni boshqarishga tayyor edim».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.