Янгиликлар /

Moyes: Ko‘p vaqt bermaganlaridan xafaman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining jamoadan ketishi haqida gapirib berdi.«Men «MYu»da kechgan vaqtimdan mamnunman. U yerda o‘zimga kerakli bo‘lgan dars oldim. Orttirgan tajribam mening foydamga ishlaydi. «Old Trafford»da ishlash jarayonida oqil va savodli murabbyiga aylandim».«U yerdan ketganimdan buyon bir necha takliflar tushdi, kelajagimda hyech narsani o‘tkazib yubormoqchi emasman».««MYu»da o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda, menimcha, endi klubda uzoq muddatli rejalardan voz kechishganga o‘xshaydi. Mening oldimda turgan vazifalar haqida hamma bilar edi. Menga ko‘p vaqt bermaganlaridan xafaman».«Ketishimdan oldin jamo qarorgohida futbolchilar bilan gaplashdim. Shundan buyon meni qo‘lab-quvvatlovchi ko‘plab smslar oldim. Xabarlari uchun futbol dunyosi odamlari va futbolchilarga rahmat. Ular meng hammasini yengib o‘tishga kuch bag‘ishladilar», — deya Moyesning so‘zlarini keltiradi The Times.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.