Янгиликлар /

Gleyzer 85 yoshida olamdan o‘tdi.

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi AQSh lik xo‘jayini Malkolm Gleyzer 85 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi. Amerikalik biznesmen 2003 yildan boshlab jamoaga mablag‘ joylashtirishni boshlagan edi. 2005 yildan boshlab esa u jamoaning aksiyalarining nazorat paketini to‘liq sotib olgan edi. Uning xo‘jayinligi ostida «Yunayted» 5 marotaba Angliya chempioni, uch marta Angliya ligasi Kubogi sohibi hamda 5 marta mamlakat Kubogiga egalik qilgan. Bir marta Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.Uning vafoti haqidagi dastlabki xabarni Milliy Amerika futbol ligasining «Tampa Bey Bakkenirs» jamosi tarqatdi. Gleyzer ushbu jamoaga 1995 yildan xo‘jayini hisoblanadi.Malkolm Gleyzerning 6 nafar farzandi va 14 nabirasi bor edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.