Янгиликлар /

«MYu» yana Strotmanga qiziqmoqda

Мақола нашр қилинди

«Roma»jamoasi yarim himoyachisi Kevin Strotman «Manchester Yunayted» jamoasi e’tiborini o‘ziga tortdi.
24 yoshli gollandiyalik futbolchini aynan Gollandiya termasi ustozi Lui van Gall harid qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, JCh-2014dan so‘ng mazkur mutaxassis Angliya jamoasini o‘z boshqaruviga oladi, deya xabar beradi Manchester Evening News.
Xabarlarga ko‘ra, Strotmandan tashqari van Galning kengaytirilgan ro‘yxatiga «Sautgempton» himoyachisi Lyuk Shou va «Borussiya» klubi ikki a’zosi – himoyachi Mats Xummels va yarim himoyachi Marko Royslar kiradi.
Oldinroq berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, van Gal «Barselona» himoyachisi Fransesk Fabregasni harid qilish fikridan voz kechgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.