Belgiya terma jamoasi tarkibida Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Manchester Yunayted» jamoasining yosh yarim himoyachisi Adnan Yanuzay o‘zining terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi. Uchrashuv 5-1 hisobida Belgiya terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoa bosh murabbiyi Mark Vilmots Yanuzayni ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga chiqardi. Uchrashuvdan so‘ng Mark Vilmots quydagilarni aytib o‘tdi: «Adnan terma jamoani kuchaytirishda katta yordam beradi degan umiddaman. Hozirda uning maydondagi pozitsiyasida raqobat juda kuchli, u asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun yanada kuchli o‘yin namoyish etishi kerak».Shuningdek, ushbu uchrashuvda Belgiya terma jamoasi tarkibida Maruan Fellayni to‘liq 90 daqiqa harakat qilib, raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.
Янгиликлар /
Yanuzay terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.