Янгиликлар /

Van Gal jamoaga hamyurtlarini taklif qilmoqchi

Мақола нашр қилинди

The Mirror nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaga Gollandiyaning ikki yosh futbolchisini taklif qilmoqchi.

Bular «Feyenoord» jamoasining 22 yoshli futbolchilari yarim himoyachisi Yordi Klasi va uning jamoadoshi markaziy himoyachi Bruno Martins Indi.

Nashrning xabariga ko‘ra jamoa futbolchilarni terma jamoda ko‘rsatadigan o‘yinlariga qarab ular bilan muzokara o‘tkazadi.

Hozirgi kunga kelib Klasi va Martines Indiga terma jamoaning kelajagi deya qarashmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.