Янгиликлар /

«MYu» dastlabki mashg‘ulotlarga kirishdi

Мақола нашр қилинди

Rayan Giggz «Manchester Yunayted» jamoasining yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi dastlabki mashg‘ulotlarga rahbarlik qiladi. Bu xaqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda. Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal esa JCh 2014 yakuniga yetgandan so‘ng jamoaga qo‘shiladi.Jamoaning a’zolari xozirda ta’tildan qaytmoqdalar va dastlabki yig‘inni Giggz boshchiligida o‘tkazishadi unga Albert Styoyvenberg yordamlashadi.Jamoaning JCh 2014 da ishtirok etmagan a’zolari Darren Fletcher, Djonni Evans va Eshli Yang bugundan dastlabki mashg‘ulotlarga kirishishdi. Shuningdek tarkibga ijaradan Nik Pauell va Uilfrid Zaxalar ham qaytishgan. Jahon chempionatida terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan futbolchilarga esa qo‘shimcha ta’til berilgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.