Янгиликлар /

«MYu» Vidal borasida taklif bilan chiqmoqchi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi tez kunlar ichida «Yuventus» jamoasiga yarim himoyachi Arturo Vidal borasida rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra Angliyaning 20 karra chempionlari dastlab holatni o‘rganib chiqishgan va endi rasmiy taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

«Yuventus» jamoasi rahbariyati ham Chililik futbolchini «Old Trafford» ga qo‘yib yuborishga qarishilik ko‘rsatmoqchi emas.

Ayrim manbalarning xabariga ko‘ra «Yunayted» Vidal uchun 40 million funt mablag‘ taklif qilmoqda, yana bir taxminga ko‘ra futbolchi uchun 30 million funt va qo‘shimcha tarzda Luish Nani «Yuventus» jamoasiga bermoqchi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.