Янгиликлар /

Charlton: Men uni juda hurmat qilar edim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi afsonasi Ser Bobbi Charlton dushanba kuni yurak xurujidan vafot etgan Alfredo Di Stefano to‘g‘risda to‘xtalib o‘tdi. Ikki afsonaviy futbolchilar uzoq muddatdan buyon do‘st hisoblanishar edi. Ser Bobbi Charltonning so‘zlariga ko‘ra Di Stefanoning vafoti jahon futbolidagi katta yoqotish.«Di Stefanoning vafotini eshitib chuqur qayg‘uga botdim. U afsonaviy «Real» jamoasining yorqin yulduzi edi. O‘ylashimcha Alfredo men maydonda raqib sifatida to‘p surgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri edi. U juda aqqilli o‘yinchi bo‘lgan».«Men uni juda hurmat qilar edim. U bilan birgalikda o‘tkazgan ko‘plab xotiralarimiz bor edi. Jahon futboli shunday buyuk futbolchi va buyuk insondan ayrildi».
«O‘zim va «Manchester Yunayted» jamoasi nomidan uning oila a’zolariga Madridning «Real» jamoasidagi do‘stlarimizga ta’ziya izhor qilaman», — deydi ser Bobbi ManUtd.om saytiga bergan intervyusida. >
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.