Янгиликлар /

Turne-2014

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining rasmiy veb-sayti AQSh da bo‘lib o‘tadigan mavsum oldi tayyorgarlik turnesida ishtirok etadigan tahminiy tarkibni e’lon qildi.Tarkibdan terma jamoasi bilan Jahon chempionatida omadsiz ishtirok etgan Ueyn Runi, David De Xea, Xuana Mata va Shindzi Kagava ham o‘rin olishgan. Shuningdek jamoaning ikki yangi a’zosi Ander Errera va Lyuk Shou ham ushbu turne doirasida o‘z debyutlarini o‘tkazishlari mumkin.Jamoa rasmiylarining tasdiqlashlaricha jamoaning yangi bosh murabbiyi Lui van Gall AQShdagi turne davomida jamoa yetakchilaridan foydalanmoqchi.«Manchester Yunayted» jamoasi van Gall qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvni «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.Mavsum oldi tayyorgarlik turnesiga yo‘l oladigan yakuniy tarkib 18 iyul kuni rasman e’lon qilinadi. Tarkibdan bir qator yosh futbolchilar o‘rin olishi mumkinligi ham inkor etilmadi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.