Янгиликлар /

Turne-2014 tarkibi aniq

Мақола нашр қилинди

Lui van Gal «Manchester Yunayted» jamoasining AQSh da o‘tadigan mavsum oldi turnesida ishtirok etadigan 25 nafar futbolchi nomini e’lon qildi.Tarkibdan bir qator yosh futbolchilar ham joy olishgan. Jamoaning yangi a’zolari yarim himoyachi Ander Errera va Lyuk Shoular ham tarkibdan o‘rin egallashdi. Maykl Karrik esa jarohat sababli mavsum oldi tayyorgariklarnio‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Jahon chempionatida ishtirok etgan bir qator futblchilar hali ta’tildan qaytmagan. «Manchester Yunayted» AQSh dagi turne doirasida 4 ta uchrashuvda maydonag tushadi: 23 iyul kuni «Los-Andjeles Gelaksi» jamoasiga qarshi, 26 iyulda «Roma», 29 iyulda «Inter» bilan va so‘ngi uchrashuvda 2 avgust kuni Madridning «Real» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.Demak «Manchester Yunayted» jamoasining AQShga yo‘l oladigan tarkibi quyidagi ko‘rinishda. Darvozabonlar: De Xea, Lindegaard, Eymos, Djonston.Himoyachilar: Rafael, Evans, Smolling, Djons, Shou, Blekett, Maykl Kin, Djeyms.Yarim himoyachilar: Errera, Kleverli, Fletcher, Yang, Zaxa, Kagava, Mata, Valensiya, Nani, Lingard.Hujumchilar: Uelbek, Runi, Uill Kin
>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.