Янгиликлар /

Karrington bazasida qurilish?

Мақола нашр қилинди

Britaniya nashrlarining xabarberishicha «Manchester Yunayted» jamoasining Karringtondagi bazasida qo‘shimchaqurilish ishlari olib borilishi boshlangan. Bunga sabab qilib jamoaning yangi boshmurabbiyi Lui van Gal bazaga qilgan tashrifi doirasida bir qator kamchiliklar borliginiaytib o‘tgan.

Lui van Gal MUTV telekanaligabergan intervyusida Karringtondagi baza ochiq joyda joylashganini va shamol mashg‘ulotlardabiroz halal berayotganini ayrib o‘tgan. Hamda jamoa rahbariyatidan ushbu kichikkamchilikni bartarf qilishni so‘ragan.

«Mashg‘ulot vaqtida qulay sharoitbo‘lgani maqqul, bu haqida rahbariyatga aytdim. Bizda katta ochiq maydon bor, doimiyravishda shamol esib turadi bu esa futbolchilarga biroz to‘p bilan ishlashda halalberadi»,– deya takidladi mutaxassis.

«Yunayted» jamoasining AQSh turnesida ekanligida foydalanibrahbariyat ushbu kichik kamchiliklarni bartaraf etmoqchi. Karringtondagi bazagaqurilish texnikalari olib kelina boshlandi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.