Янгиликлар /

SAF: Uilyamsni diskvalifikatsiya qilish kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson «Suonsi»sardori Eshli Uilyamsni Robin van Persiga nisbatan qilgan harakati uchun uzoq muddatgadiskvalifikatsiya qilish kerakligini ta’kidladi.

Referi Maykl Oliverninghushtagidan so‘ng «oq qushlar» sardori yaqin masofadan chimda yotgan Robin vanPersining boshiga to‘pni qattiq tepib yubordi. O‘yinchilar orasida dahanakijang boshlandi va bu ikkala o‘yinchining ham sariq kartochka olishi bilan yakunlandi.Ser Aleks ushbu qo‘pollikni FA qattiq jazolashi kerak deb hisoblamoqda.

«Bu vanPersiga nisbatan ochiq-oydin ishlatilgan fol edi. Bu referi umuman bizniyonimizni olmagan kunlardan biri bo‘ldi. Bugun hakam juda yomon ishladi. Bilaman, u (Oliver) yosh referi, lekin men uning ishidan xafaman. Bu epizodda ubarchasini aniq ko‘rgandi.

Uilyams van Persini o‘ldirib qo‘yishi mumkin edi. U (Uilyams) sariq kartochkaolganidan qat’iy nazar FA bu holatni o‘rganib chiqishi kerak. U uzoq maddatlidiskvalifikatsiyaga olishi kerak. Chunki bu men futbol maydonida ko‘rgan engxavfli holatlardan biri edi. Robin bo‘ynini sindirishi mumkin edi.
Shubhasiz, ataylab qilingan harakat. Hushtak chalindi, o‘yin to‘xtatilgandi, uesa bularning barini hakamning ko‘z-o‘ngida qildi. U bizni yigitni o‘ldiribqo‘yishi mumkin edi», — deb Fergyusonning so‘zlaridan keltiradi Sky Sports.

Manba: fk.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.