Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Krishtianu Ronalduo‘zningi sobiq jamoasi «Manchester Yunayted»ga 2013-yilning yozida qaytishistagini bildirdi, deya xabar beradi The Sun. Aytish joiz, ushbu jamoalar Chempionlar Ligasi1/8 finalida ro‘baro‘ kelishadi. Nashrga ma’lumbo‘lishicha, 27 yoshli portugalning transferi Angliya klubiga 122 million funt sterlinggatushadi. Biroq ish yana shunisi bilan murakkablashadi-ki, «Real»ning eng katta yulduziningsotuvi, klub prezidenti Florentino Peresga yangi muddatga qayta saylanishigahalal qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz,Ronaldu «Manchester Yunayted» libosi ostida 2003-dan 2009-yigacha to‘p surgan. Shuvaqt davomida uch karra Angliya (2007, 2008, 2009) chempionom va bir boraChempionlar (2008) Ligasi g‘olibiga aylangan. «Real» uchun 2009 yildan beri suribkelmoqda. Shu vaqt ichida 169 ta o‘yin o‘tkazib, 170 ta gol urgan.
Manba: fk.uz
Янгиликлар /
Ronaldu MYUga qaytmoqchi
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.