Янгиликлар /

Van Gal: «Yunayted» yaxshi o‘ynay olmadi

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Roma»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z shogirdlariningo‘yinidan qoniqmaganini ma’lum qildi.

«G‘alabadanxursandman, lekin futbolchilarim yaxshi o‘ynay olishmadi. 54 ming muxlis qarshisidabundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bunday issiqqa o‘rganmaganmiz. O‘ylashimcha,stadionning dengiz sathidan juda balandligi, havoning issiqligi kabi muammolar futbolchilargabor kuchlari bilan o‘ynashga xalal berdi.

JCh-1994 vaqtidaham aytgandim, tush vaqtida futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Amerikada futbolni kechki vaqtdao‘ynash kerak.

3:0 hisobida oldinda borayotganda to‘pni o‘zimizda saqlabturish haqida o‘ylashimiz kerak. Shunda raqib yuguradi va charchaydi. Bunday havodabuni amalga oshirish qiyin», — deydi van Gal «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.