Янгиликлар /

«Qora ro‘yxat»- 2014

Мақола нашр қилинди

Manchester Evening News nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi Maruan Fellayni va Shindzi Kagavani transferga qo‘yishi mumkin.Fellayniga italiyaning «Napoli» jamoasi qiziqmoqda va ular futbolchini ijaraga olib kelasi yil yozda sotib olish xuquqini qo‘lga kiritishmoqchi «Yunayted» esa futbolchini bir yo‘la sotib yuborish niyatida.Hozirgi kunda Fellayni «Yunayted» da haftasiga 100000 funt maosh oladi.Jamoaning yana bir a’zosi Shindzi Kagava ham jamoani tark etishi mumkin. Unga dortmundning «Borussiya» jamoasiga qiziqmoqda. Ular Roberta Levandovski va Mario Gyotse jamoadan ketganidan so‘ng kuchsizlanib qolgan hujum chizig‘iga Kagava nomzodini ko‘rib chiqmoqdalar. Ayrim taxminlarga ko‘ra «Yunayted» jamoasi futbolchini Mats Xummels transferining bir qismi sifatida ham berishi mumkin ekan.Shuningdek, The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra «Old Trafford» ni yana bir qator futbolchilar tark etishi niyatida. Luish Nani va Anderson, hamda Uilfrid Zaxa. Jamoa bosh murabbiyi Zaxaga imkon berishi ta’kidlagan edi futbolchi ushbu imkoniyatdan foydalana olmasa jamoa safida qolishi qiyin bo‘ladi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.