Янгиликлар /

Ernandes «Yuventus»ga o’tadimi

Мақола нашр қилинди

Arturo Vidal bilan bog’liq transfer ishlari yakuniga yetganicha yo’q. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra shartnoma amalga oshmay qolishi ham mumkin. The Daily Mail «Yuventus» jamoasida qiziqish uyg’otadigan xabar bilan chiqdi. «Yunayted» Vidal uchun 36 million funt va jamoadan 2 futbolchini qo’shib berishi mumkin. Ulardan biri albatta Xavier Ernandes bo’lish ehtimoli katta.
Taxminlarga ko’ra bu xabardan so’ng turinliklar o’zlari transfer shartlarini qayta ko’rib chiqishadi. Jurnalistlar Xavier Ernandes agentini savolga tutib shu holat bilan fikrlarini bildirishini so’rashdi.
«Holat hali mavhum. Hozircha bu bitim haqida aniq ma’lumot yo’q. Yangilik tez orada bo’ladi» deya savollarga jaovob berdi futbolchining agenti.
Internetda Arturo Vidal imzo chekkan «Yunayted» futbolkalari tarqala boshladi. Muxlislarni bu holat bilan ishontirishga hali erta. Yodingizda bo’lsa o‘tgan yilgi yozgi transfer vaqtida Tiago Alkantara ham «MYu» futbolkalarga dashatini qoldirgani ma’lum. Lekin futbolchi oxir oqibat «Bavariya» jamoasiga o’tib ketgan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.