Янгиликлар /

Roxo «MYu»ga o‘tganini tasdiqladi

Мақола нашр қилинди

Lissabonning «Sporting» jamoasi sobiq himoyachisi Markos Roxo «MYu» jamoasiga o‘tganini rasman tasdiqladi.
«Bu orzularim ro‘yobi bo‘ldi, «MYu» – fantastik jamoa. Men Veron bilan gaplashgandim va u menga Manchesterga o‘tishni maslahat berdi».
«Men uchun «Sporting»ni tark etish oson bo‘lmadi», — deydi Roxo.
Eslatib o‘tamiz, taxminlarga ko‘ra Argentina terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi uchun mankunianliklar 20 million yevro va Nanini ijaraga bergan. Roxo tez orada Manchesterga yo‘l oladi va «MYu» bilan 4+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.