Lissabonning «Sporting» jamoasi himoyachi Markos Roxo «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tganini va yarim himoyachi Luish Nani jamoa safiga ijara asosida qo‘shilganini rasman e’lon qildi.Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra 24 yoshli futbolchi uchun «Manchester Yunayted» 16 mln. funt va Nanini mavsum so‘ngiga qadar «Sporting» jamoasiga ijaraga berishga rozilik bergan.«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy sayti ham ushbu xabarni tasdiqlagan va transfer to‘liq nihoyasiga yetgani aytib o‘tgan. Futbolchi charter reys bilan Lissabondan Manchesterga tashrif buyurgan. Tez orada Roxo tibbiy ko‘rikdan o‘tib shaxsiy shartnomani imzolaydi.
LuishNani esa Lissabonda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa libosida dastlabki intervyu berishga ham ulgurgan.
Янгиликлар /
Rasman Roxo «MYu» jamoasiga o‘tdi
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.