Янгиликлар /

Markos Roxo 5 raqamda to‘p suradi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» rasman 24 yoshli argentinalik himoyachi Markos Roxoni jamoagakelib qo‘shilganini e’lon qildi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan va20 million yevro pul ajratilib qo‘shimchasiga Luish Nani «Sporting» ga 1 yilga ijaragaberish kelishib olindi.

Roxo Portugaliya klubiga kelishdan avval Moskvaning «Spartak» dan kelib qo‘shilganedi. Markos Argentinaterma jamoasida debyut uchrashuvini 3 yil avval boshlagan. Shundan buyun terma bilan28 uchrashuvda qatnashgan.

Yakunlangan Jahon Chempionati davomida Roxo 6 uchrashuvda qatnashdi jumladanGermaniya termasiga qarshi final o‘yinida ham maydonda harakat qilib yakunda kumushmedal soxibiga aylandi. Castrol Index tuzgan ramziy terma jamoaga ham qo‘shildi.

«Yunayted» tarkibiga o‘tganidan so‘ng klub haqida o‘z fikrlarini bildiribo‘tdi: «O‘zini «Yunayted» futbolchisi deb ayta olish bu katta sharaf. Angliya PrimerLigasi dunyodagi eng qiziqarli chempionat. Shu bilan bir qatorda sayyoraning engkuchli klubidan birida o‘ynash bu mening orzuyim».

«Men hali yoshman, tajriba to‘plash, bosh murabbiy Van Gal ko‘rsatmalarinibajarib, klub va jamoadoshlarim bilan qator sovrinlarni yutish eng katta maqsadim».

Van Gal: «Markos juda iqtidorli himoyachi. Top klub jamoalarda harakat qilishdarajasidagi futbolchi. U markaziy himoyada ham chap qanot himoyasida ham birdekharakatlana oladi. U iqtidorli, jismonan kuchli va unda o‘yin ishtiyoqi kuchli.JCh da uchrashuvlarida o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsata oldi. Qo‘shimchasiga nechayillardan beri Yevropa futboli nafasini olgan. Markos Roxo jamoa uchun omadli xaridbo‘ldi. U jamoa tarkibini kuchaytira olishiga ishonaman».

Futbolchi shu kunga qadar Argentin terma jamoasi tarkibida28 bor maydonga tushishga ulgurgan. Shuningdek Roxo Braziliyada bo‘lib o‘tganJCh 2014 bahslarida Argentina tarkibida 6 bor maydonga tushdi.

Roxo «Manchester Yunayted» tarkibida 5 – raqam, sobiq mankunian Rio Ferdinandharakat qilgan raqamda maydonga tushadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.