Янгиликлар /

Anderson «Portu»ga o‘tishi mumkin

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Portu» jamoasi «Yunayted» dan Andersonni yana qaytarib olish niyatida. 26 yoshli Braziliyalik yarim himoyachi «Old Trafford» ga kelishdan avval Portugaliyada «Eshtadiku du Dragau» maydonida bir yarim yil harakat qilgan.
Avvalgi mavsumda Anderson «Yunayted» tarkibida 8 uchrashuvda maydonga tushgan va qolgan vaqt Italiyada ijara asosida, unda ham deyarli zaxira futbolchisiga aylangan edi.
«Manchester Yunayted» futbolchiga yangi klub qidirishmoqda, asosiy e’tiborni Braziliya klublari bilan olib borish rejaga kiritilgan. Yevropa jamoalaridan esa faqat «Portu» futbolchiga qiziqib qolganligi xabarlarda berilmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.