Янгиликлар /

Di Mariya «MYu» ga kelishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Argentina terma jamoasi a’zosi yarim himoyachi Anhel Di Mariya klubdan ketishga rozilik berganini ta’kidlab o’tdi.

Di Mariya transferi uchun «Yunayted» eng katta da’vogar, xattoki futbolchi uchun jami 100 million funt ajratishlarini ham e’lon qilishgan. Karlo Anchelotti jurnalistlarga bergan intervyusida: «Di Mariya «Real» bilan yangi shartnoma tuzish niyatida emasligini aytdi va klubdan uni transferga qo’yishni so’radi. Futbolchi bir qarorga kelishi kerak. Transfer muddati 31 avgust kuni tugaydi, ungacha Di Mariya jamoada qolsa biz uni jon deb olib qolamiz. Agar ketishni istasa bunga qarshilik ko’rsatmaymiz. Klub bilan futbolchi o’rtasida hech qanday nizo yo’q».Marca tarqatgan xabarlardan birida «Real» jamoasi yetakchilari Ronaldu hamda Serxio Ramos klub raxbari Florentino Peresdan Di Mariyani sotmasligini so’rashgan. Lekin hali raxbariyat futbolchini kelajagini qaysi klubda davom etishi mumkinligi haqida bir to‘xtamga kelinmagan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.