Янгиликлар /

Falkao «MYu»ning yangi a’zosi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi «Monako» kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkaoni bir yilga ijaraga oldi. «Manchester Yunayted» jamoasi keyinchalik futbolchini to‘liq sotib olish xuquqini ham qo‘lga kiritdi.28-yoshli futbolchi yangi jamoasi xaqida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Yangi mauvsumni «Manchester Yunayted» safida ijara asosida o‘tkazishimdan xursandman. Bu jahondagi eng yirik jamoalardan biri. Men Lui van Gall boshchiligidagi jamoa safida to‘p surib jamoa bilan birgalikda yutuqlarni qo‘lga kiritishni intizorlik bilan kutmoqdaman».Shuningdek Lui van Gal ham futbolchi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi: «Men Radamel bizning jamoamiz safiga o‘tganidan xursand bo‘ldim. U zamonaviy futboldagi eng yuqori saviyadagi hujumchilardan biri. Uning statistiksi uning qanday futbolchi ekanligini ko‘rsatib turibdi, u katta yordam beradi degan umiddaman».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.