Янгиликлар /

Nihoyat Blind«MYu» jamoasi safida

Мақола нашр қилинди

Nihoyat «Manchester Yunayted» jamoasi Deyli Blind bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Deyli Blindning trasferi uchun «Ayaks» jamoasiga 14 million funt mablag‘ berdi.Blind «Ayaks» jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa tarkibida ilk bora 2008 yilda debyut o‘yinini o‘tkazgan. Shuningdek u Gollandiya terma jamoasi tarkibida 19 uchrashuvda maydonga tushishga erishgan. Deyli Gollandiya chempionatining 2013/14 mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘lgan.
Blind: ««Manchester Yunayted» jamoasi a’zosiga aylanganim men uchun katta sharaf. Men «Ayaks» safida 7 yilga yaqin to‘p surdim, bu men uchun doim xotiramda qoladi».«Lui van Gal – juda katta iqtidorga ega murabbiy, men u bilan hamkorlikda «Ayaks» va Gollandiya terma jamoasida birgalikda ishlaganman, va yana birgalikda jahoning katta jamoasida ishlash nasib qilanidan xursandman ».
Van Gal eas Blind haqida qyidagi fikrlarni bildirdi: «Deyli jamoa safiga kelganidan xursand bo‘ldim. U juda aqilli va unveral futbolchi, u turli pozitsiyalarda ishonarli o‘yin namoyish qila oladi».«Deyli o‘yinni yaxshi o‘qiy oladi va ko‘p yillar mobaynida mening o‘yin uslubimda xarakat qilib ko‘rgan. U jamoamiz kuchiga o‘ziga xos qo‘shimcha kirita oladi».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.