Янгиликлар /

Runi va Persi Falkao haqida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchilari Robin van Persi va Ueyn Runi kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkaoning kelishidan xursand ekanliklarini aytib o‘tishdi.Van Persi: «Men Falkaoning kelishidan xursand bo‘ldim. U jamoamizni kuchaytiradi. Endi men ham, Falkao ham asosiy tarkib uchun kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ueyn Runi va Jeyms Uilson ham raqobatga kirishadi. Bundan muxlislar yutishadi».Ueyn Runi: «Falkaoning kelishi jamoadagi o‘rnimga qanday ta’sir qilishini bilmayman. Bu haqida yaxshisi bosh murabbiydan so‘rash kerak. Nima bo‘lgan taqdirda ham, safimizga fantastik futbolchi qo‘shildi».
«Falkao – dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Bu transfer jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlariga mos keladi. Biz bundan juda xursandmiz».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.