Янгиликлар /

Van Persi mish mishlarni rad etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin Van Persi uni tizzasidan operatsiya kutayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, «qizil iblislar» hujumchisi yaqin haftalar ichida o‘tgan mavsumda qabul qilib olingan jarohatidan to‘liq qutilishi uchun operatsiya qilinishi kerak.
«Old Trafford»ga Radamel Falkao kelgani haqidagi xabarlardan so‘ng Lui Van Gal Robinning uzoq muddatli safdan chiqishigi tayyorgarlik ko‘rayotgani borasida xabarlar berilgan edi. Biroq 31 yoshli gollandiyalik futbolchi uni jarroxlik amaliyoti kutmayotganini bildirdi.
«Bu mish-mishlarni kim chiqarayotganini bilmadim. Men rostini ayta olaman, qandaydur operatsiya maqsadida yaqin orada shifoxonaga bormoqchi emasman. Bunday yolg‘onni to‘qish uchun juda yaxshi «fantaziya» kerak», — deydi Van Persi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.