Янгиликлар /

«Yunayted» a’zolari o‘z terma jamoalri tarkibida

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» jamoasining bir necha a’zolari o‘z terma jamoalri tarkibida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.Germaniya va Argenitina jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda «Manchester Yunayted» jamoasining ikki nafar futbolchisi Markos Roxo va Di Mariyalar ishtirok etishdi. Uchrashuv Argentina foydasiga 4-2 hisobida yakunlandi.Ushbu uchrashuvda Di Mariya 86 daqiqa xarakat qilib 1 gol urdi va 3 golga assistentlik vazifasini bajarib berdi. Roxo esa uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi.«Uembli» stadionida o‘tgan Angliya va Norvegiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Ueyn Runi tomonidan kiritilgan gol Angliya terma jamoasining g‘alaba qozonishi uchun yetarli bo‘ldi. Uchrashuvda Fil Djons 90 daqiqa xarakat qilgan bo‘lsa, Runi 70 – daqiqada o‘z o‘rnini Daniel Uelbekka bo‘shatib berdi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.