Янгиликлар /

Ronaldu: «Yunayted» – buyuk jamoa

Мақола нашр қилинди

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin kelajakda «Manchester Yunayted» ga qaytishini tasdiqladi.
Ronalduning «Real»ga o‘tganidan beri besh yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, biroq portugaliyalik futbolchi sobiq jamoasi haqida unutgani yo‘q, o‘z intervyusida u «MYu»ga omad tiladi va yaqin kelajakda qaytishin mumkin ekanini aytdi.
«Men Manchesterni sevaman, men bu haqida juda ko‘p marta aytganman. Manchester hamon mening yuragimda. U yerda mening ko‘plab do‘stlarim qolgan, bu jamoa muxlislari teng keladigani yo‘q, men u yerga qaytishni istayman».
«Real»da ham baxtliman, amaldagi shartnomamda yana to‘rt yil muddat bor, biroq kim biladi deysiz? «Yunayted»da menga juda iliq munosabatda bo‘lishgan».
«Menga ishoning, ular yana eng kuchli jamoaga aylanishadi. Bunga aminman. «Yunayted» – buyuk jamoa».
«Ha, hozirda «Manchester» og‘ir davrini boshidan kechirmoqda. O‘tgan mavsum ular uchun juda yomon o‘tdi, bu mavsumni ham «iblislar» omadsiz boshlashdi».
«Biroq transfer bozorida ular shunchaki ajoyib futbolchilarni qo‘lga kiritishdi, Di Mariya, Falkao. O‘ylashimcha, ular ancha kuchli klubga aylanishdi. «Yunayted» eng yuqori o‘ringa munosib», — deydi Ronaldu.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.