Янгиликлар /

Jamoa o‘z tarbiyalanuvchilariga ishonadi

Мақола нашр қилинди

«MYu» jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz klub hali ham o‘z tarbiyalanuvchilariga tayanishini aytib o‘tdi.Jamoa bosh murabbiyligiga Lui van Gal kelganidan keyin klub Di Mariya, Falkao, Blind, Roxo kabi bir qator mashhur futbolchilarni xarid qildi. Buning natijasida esa «MYu» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Denni Uelbek jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.Bu esa ko‘plab mutaxassislarning tanqidiga sabab bo‘ldi. Jumladan, klubning yoshlar jamoasi sobiq murabbiyi Mayk Filan «MYu» o‘z «yuragi» ni sotib yuborganini aytib o‘tgandi.Bunga javoban esa Rayan Giggz «Manchester Yunayted» dek jamoa hali ham asosiy e’tiborni o‘z tarbiyalanuvchilariga qaratishini bildirib o‘tgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.