Янгиликлар /

Kroyff: van Gal istiqboli haqida gapira olmayman

Мақола нашр қилинди

Golandiya futboliafsonasi Yoxan Kroyff Lui van Galning «Manchester Yunayted» klubidagi faoliyatihaqida fikr bildirdi.

«Lui van Galning«MYu»dagi istiqboli haqida gapira olmayman. Menimcha u yangi jamoa shakllantirdi.Endi uni birlashtirishi kerak. Gap futbolchilarning saviyasida emas. Yaxshi futbolchilardanbirlashgan jamoa tuzish qiyin.

Har bir transferkampaniyasining o‘z mantig‘i bor. Muammo shundaki, bu futbolchilarni joylashtirishkerak. «Barselona»da ham shunday, ularda Messi, Suares, Neymar bor. Ular qandayjoylashtiriladi? «MYu»ning yangi o‘yinchilari individual kuchli futbolchilar, ammoular jamoa fanday o‘ynashini o‘rganishlari kerak.

Yana bir muammo shundaki, ularning hammasi yulduzlardir va katta haq olishadi.Endi Van Galda yaxshi o‘yinchilar ko‘p, ammo ularni jamoaga birlashtirish uchunvaqt kerak bo‘ladi», — deya Kroyffning so‘zlarini keltiradi The Guardian.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.