Янгиликлар /

Mata: Bu juda muhim g‘alaba

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata «KPR» (4:0) ustidan APL 4-turi doirasidagi g‘alabadan so‘ng mankunianliklarning yanada yaxshiroq o‘ynashiga umid bog‘laganini aytdi.
«Bugun biz birinchi uchrashuvlarga qaraganda ancha yaxshi o‘ynadik. Birinchi daqiqadan so‘nggisigacha ko‘proq gol urishga itildik. Bizning tarkibdagi futbolchilar bilan boshqacha ham bo‘lishi mumkin emas.
Bu juda muhim g‘alaba. Umid qilamanki, bu navbatdagi g‘alabalarimiz uchun qo‘yilgan birinchi qadam. Muhim uch ochko qo‘lga kiritildi. Endi yaxshi mashg‘ulot haftaligini o‘tkazib, kelasi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilish kerak», – deydi Mata.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.