Янгиликлар /

Yangi mavsum uchun umumiy fotosessiya

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy ravishda 2014/15 mavsum uchun jamoaning umumiy fotosessiyasida ishtirok etishdi.Lui van Gall boshchiligidagi murabbiylar shtabi va futbolchilar har yilgi kabi «Old Trafford» maydonidan umumiy tarkib bilan suratga tushishdi. Fotosessiya jarayonida umumiy 27 futbolchi– shulardan 3 nafari darvozabon ishtirok etishdi.Ushbu jarayonda jamoaga yangi mavsumdan qo‘shilgan6 nafar futbolchi — Lyuk Shou, Ander Errera, Markos Roxo, Anxel Di Mariya, Deyli Blind va Radamel Falkao ham ishtirok etishdi. Suratdan Lui van Galning ikki yonida jamoa sardori Ueyn Runi va vitse-sardor Darren Fletcher o‘rin olishgan.>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.