Янгиликлар /

Sakoga «Yunayted» qiziqish bildirgan

Мақола нашр қилинди

Britaniya OAV lari xabariga ko‘ra «Vest Xem» jamoasi hujumchisi Diafra Sako bilan «Yunayted» rahbariyati qiziqish bildirishgan.

The Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, senegallik futbolchi «MYu» jamoani tark etishi kutilayotgan Robin van Persining davomchisi bo‘lishi ehtimoli bor.

Sakoni «Vest Xem» bir yil ilgari  Fransiyaning «Mets» jamoasidan 3,5 million funtga xarid qilgandi. Bugungi kunda esa jamoa o‘yinchini 15 million funtga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz Diafra Sako o‘tgan mavsumda «Vest Xem» tarkibida 36 uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta golga urishga erishgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.