Янгиликлар /

Fenerbaxche: van Persi Transferi yakunlandi

Мақола нашр қилинди

Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi «Manchester Yunayted» bilan gollandiyalik hujumchi Robin van Persining transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda turklar jamoasi prezidenti Aziz Yildirim ma’lum qilgan.

«Biz bu borada qattiq ishladik. Angliyaga 6 marta taklif jo‘natdik. Nihoyat Robin van Persining transferi bo‘yicha jarayon yakunlandi. Jamoamiz yana bir yulduzli futbolchi bilan to‘ldirildi», deb bayonot berdi Yildirim.

OAVlarda xabar qilinishicha, ushbu transfer qiymati 4,7 mln dollarni tashkil etadi.

Futbolchi 13 iyul kuni jamoa bilan shaxsiy shartnoma tuzishi va rasman “Fenerbaxche” futbolchisi sifatida tanishtirilishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Robin van Persi 2012 yilda «Arsenal»dan «MYu» safiga 22,5 mln yevro evaziga transfer qilingan. U mankunianlar safida 89 marta APL o‘yinlarida ishtirok etib, 58ta gol urishga erishgan hamda bu jamoa bilan Angliya chempionligi va Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Qayd etish joizki, «Fenerbaxche» biroz oldinroq, «MYu»ning yana bir futbolchisi Nanini o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.