Янгиликлар /

Darmian «Manchester United» a’zosi

Мақола нашр қилинди

«Manchester United» rasmiy veb-sayti «Torino» himoyachisi Matteo Darmian transferi yakuniga yetganini ma’lum qildi.

Sizga mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki Matteo Darmian «Torino» dan o‘tishi yakunlandi, deb e’lon qildi — bayonotida. – Matteo bilan yana bir yil davomida uzaytirish imkoniyati bilan jamoa to‘rt yillik shartnoma imzoladi».

25-yoshli Darmian turin jamoasida 146 uchrashuv o‘tkazdi va 2011 yili debyut o‘yinidan beri jami 5 golga mualliflik qildi. Himoyachi 14 marotaba Italiya milliy terma jamoasini sharafini ximoya qilgan.

«Men «Manchester Yunayted» safidaman, mening orzuyim ushaldi. «Torino» jamoasiga va muhlislariga o‘z minnatdorchiligmni bildiraman, jamoa men uchun juda ko‘p yordam berdi.

Ular meni to‘gri tushunishiga aminman, men buyuk jamoa safiga o‘tish imkoniyati borida foydalanishim lozim edi.

Lui van Gal bilan birga ishlash men uhcun qiziqarli u futbolda ko‘p yutuqlarga erishgan».

Lui van Gal transfer borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Matteo – o‘ng qanot himoyachisi shu bilan bir qatorda chap qanotda ham harakatlana oladi. U himoyada kuchli lekin o‘zini hujumda ham ko‘rsata oladi shu sabali u Premer Liga ritmiga juda mos keladi.»

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.